//Diplom bilan biznesga

Diplom bilan biznesga

2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakatda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni yanada jadallashtirishga ko‘maklashish, oliy ta’lim va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb qilish  maqsadida o‘tkazilgan “Diplom bilan biznesga”  loyihasi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Toshkent viloyatida loyihani o‘tkazish bo‘yicha tuman (shahar) saralash va hududiy bosqichlarini samarali o‘tkazish maqsadida loyiha hamkori sifatida jalb etilgan tashkiliy qo‘mita a’zolari, viloyat “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Asakabank”, “Qishloqqurilishbank, Milliy bank, O‘zbekiston Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Toshkent viloyati Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatildi. 800 dan ortiq nusxada loyihani targ‘ib qiluvchi e’lonlar chop etildi va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, boshlang‘ich partiya tashkilotlariga hamda aholi gavjum joylarga osish uchun tarqatildi.

Diplom bilan biznesga” loyihasining asosiy maqsad va vazifalari mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlikni yanada kengaytirishda tadbirkorlikning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida biznes yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik faoliyatini keng yoyish va uning afzalliklarini targ‘ib qilish, oilaviy tadbirkorlikni yanada jadallashtirish orqali milliy biznes va yalpi milliy mahsulotning o‘sishi, oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarining  bandligi, turmush darajasi va uning yashash tarzi sifatini ta’minlashga ko‘maklashish, oilaviy tadbirkorlikning huquqiy bazasi, shart-sharoitlar, imtiyoz va afzalliklardan samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish kabi masalalar belgilab olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni va tegishli qonunosti hujjatlari ijrosini ta’minlashda huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan uzluksiz jamoatchilik nazoratini olib borish, joylarda, ayniqsa, qishloq joylarida va chekka hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud, lekin yetarlicha e’tibor qaratilmayotgan imkoniyat va resurslarni harakatga keltirish, ulardan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.YUqoridagilardan kelib chiqqan holda “Diplom bilan biznesga” loyihasi, loyihaning samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek loyihani keng aholi qatlamlari orasida ommalashtirish maqsadida O’zLiDeP,O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengashi hamda yetakchi tijorat banklari “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Qishloqqurilishbank”, “Asakabank”, “Milliybank” bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Joriy yilda loyiha doirasida tuzilgan tashkiliy qo‘mitaga Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi ham jalb etildi.

“Diplom bilan biznesga” loyihasini hamkorlikda tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hududiy partiya tashkilotlari, tashkiliy qo‘mitalar va hamkor tashkilotlar muntazam ravishda loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha zaruriy maslahat va axborotlar bilan ta’minlab borildi.“Diplom bilan biznesga” loyiha ishtirokchilari — oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun  “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va oilaviy biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy qo‘llanma”  ishlab chiqildi va tarqatildi.

“Diplom bilan biznesga” loyihasi doirasida “Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda oilaviy tadbirkorlikning turmush farovonligini yanada oshirishda tutgan o‘rni haqida jamoatchilik fikri” mavzusida loyiha ishtirokchilari o‘rtasida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.“Diplom bilan biznesga” loyihasining joriy yil may-iyun oyida bo‘lib o‘tgan tuman bosqichlarida dehqon xo‘jaliklariva tomorqa yer egalariga asoslangan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari hamda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan 450 dan ortiq talabgor ishtirok etdi.

Ulardan 55 nafari 20 dan ziyod yo‘nalishda loyihaning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi:

-agrar sohada — chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, sutni qayta ishlash, issiqxona, ko‘chatchilik, gulchilik;

-oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida — makaron ishlab chiqarish, qandolatchilik, novvoylik, qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish, ho‘l mevalarni saqlash va qayta ishlash;

-xizmat ko‘rsatish sohasida — tikuvchilik va model’er dizaynerlik, internet va kompyuter xizmatlari, fotostudiya;

-hunarmandlik yo‘nalishida — kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, duradgorlik, kashtachilik va zardo‘zlik, to‘quvchilik;-ishlab chiqarish va savdo sohasida – savdo-sotiq, mebelsozlik, trikotaj mahsulotlari.

Loyihaning viloyat va tuman bosqichlarida tashkil etilgan o‘quv seminarlarida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, barcha hamkor tashkilotlarning tegishli hududiy boshqarma hamda filiallarining rahbar va mas’ul mutasaddi xodimlari hamda partiya faollari ishtirok etishdi.Jumladan, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi,O‘zbekiston Fermerlar Kengashi,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, “Qishloqqurilishbank” ATB, “Asakabank” ATB, “Milliybank” hududiy filiallari hamda yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan “Agrosug‘urta”, “Kafolat” sug‘urta tashkilotlari, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari boshqarmasi faol ishtirok etib, qo‘shma qarorda o‘z zimmasiga olgan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishdi.Toshkent viloyati bo‘yicha tuman (shahar) saralash bosqichida ishtirok etgan 120 nafar talabgordan 55 nafari hududiy bosqichga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi. Ularning deyarli barchasining biznes-rejalari moliyalashtirilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Toshkent Davlat Agrar universitetida bo‘lib o‘tgan yakuniy bosqichida 6 ta ishtirokchiga qiymati 389 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari taqdim etilib, 30 dan ortiq yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Joriy yil oxirigacha qolgan ishtirokchilarning ham biznes-rejalarining moliyalashtirilishi monitoring qilib boriladi va moliyalashtirish natijasida 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

 

Это слайд-шоу требует JavaScript.

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yosh dehqon xo‘jaliklari, yuqori samaradorlikka erishayotgan tajribali dehqon xo‘jaliklarining erishayotgan yutuqlari haqida “Agrobiznes” jurnali, “XXI asr” gazetasi va viloyatning mahalliy tuman gazetalarida maqolalar chop etishga alohida ahamiyat berdi.Loyiha taqdimoti haqida axborotlar berib borildi. Ularda Toshkent viloyatidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kichik biznes va tadbirkorlikka yanada kengroq jalb etishda tadbirkorlikning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida biznes yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik faoliyatini keng yoyish va uning afzalliklarini targ‘ib qilish, chekka joylardagi dehqon xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish orqali qishloqlarda farovon mulkdor oilalarni barpo etish, viloyat aholisi o‘rtasida obod turmush tarzini yanada rivojlantirish va farovon hayot kechirishlari uchun ko‘maklashishga keng e’tibor berildi.