//2-Xalqaro oziq-ovqat yarmarkasi

2-Xalqaro oziq-ovqat yarmarkasi

7 sentabr kuni  “2-Xalqaro oziq-ovqat yarmarkasi” doirasida “Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti: yangi imkoniyatlar va dolzarb vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan biznes seminar  doirasida   Markaz tashabbusi bilan O‘zLiDeP, O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi,  O‘zbekiston  fermerlari kengashi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarning eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “O‘zvinosanoatxolding”, “UzTRADE” O‘zagroeksport” kompaniyalari bilan Memorandum imzolandi. ​

Memorandum tomonlarning maqsad va vazifalaridan kelib  chiqqan holda imkoniyat va salohiyatini birlashtirish orqali eksport sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonun va Qarorlari, mamlakatimiz Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarini tizimli ijrosini ta’minlashdan iborat.​