//2017 yilda yechimini topgan muammolar

2017 yilda yechimini topgan muammolar

Birinchidan, O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘zining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini tashkil etib kelmoqda. Shu bilan birga, o‘z vazifalarini bajarishda hamda yangi loyihalarni joriy etishda moliyaviy mablag‘i cheklanganligi o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda.Markazga Ta’sischilar yig‘ilishi qaroriga muvofiq rejalashtirilgan moliyaviy mablag‘larni ajratish masalasi atroflicha ko‘rib chiqilishi lozim.Bu esa markaz xodimlari ish haqining o‘z vaqtida berilishiga shuningdek, markazning boshqa turdagi to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ikkinchidan, Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondi grantlariga bir necha bor loyihalar taqdim etilgan bo‘lsa-da, ushbu mablag‘larni olish imkoniyati bo‘lmayapti. Taqdim etilgan loyihalarga grant ajratilmaganligi sabablari noaniqligicha qolmoqda.SHu maqsadda ushbu grantlarni olishda Markaz Ta’sischilarining imkoniyatlari hamda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni joriy etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

 

Uchinchidan, Markazning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha orgtexnika vositalari, ya’ni nusxa ko‘chirish, skaner apparatlari va video- proyektor olish hamda internet tarmoqqa ulanish kabi masalalarni hal qilish lozim. Shunda Markaz tomonidan tadbirkorlar va fermerlarga uslubiy qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlarni yetkazish hamda internet orqali ma’lumotlar almashinuvini yanada takomillashtirishga erishish mumkin.Markaz tomonidan foydalanib kelinayotgan binoning majlislar zalini bugungi kun talablari asosida stol, stullar bilan ta’minlash lozim. Ushbu holatda markaz tomonidan tashkil etilayotgan davra suhbatlari, konferensiyalar, o‘quv mashg‘ulotlari, seminar-treninglarni yuqori saviyada va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan holda o‘tkazishga erishish mumkin.

 

To‘rtinchidan, Markaz qoshidagi Hakamlik sudi o‘z faoliyatini to‘laqonli bajarishi uchun “Hakamlik sudini tashkil etish bo‘yicha Nizom” talablari asosida moddiy-texnik ta’minotni yaxshilash hamda moliyaviy manbalar bilan yordam ko‘rsatish, shuningdek, yuqori tajribaga ega bo‘lgan sud’yalarni jalb qilish lozim.

 

Beshinchidan,  Markazning hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ularning moddiy-texnik bazalarini boyitish, shuningdek, partiya va Fermerlar Kengashining hududiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash lozim.

 

Oltinchidan, Markaz qoshidagi  “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha NTMning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, shuningdek, O‘zLiDeP va Fermerlar Kengashining tizimidan maxsus dasturlar asosida o‘quvlar tashkil etish orqali muassasaning imkoniyatlarini kengaytirish lozim.