//Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Bugungi kunda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, ishbilarmonlarga yanada erkinlik berish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada ayollar tadbirkorlik sub’ektlari soni ko‘payib, ular aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotir. Bu borada O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ham qator loyihalar ya’ni, “Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli”, “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi” kabi respublika tanlovlari va boshqa ko‘plab seminar, konferensiya, forumlar o‘tkazilib kelinmoqda, bundan oqilona foydalanayotgan opa-singillarimiz tadbirkorlikda ham samarali faoliyat ko‘rsatib, nafaqat oilasiga naf keltirayapti, balki iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Yurtimizda aholining qariyb 51 foizdan ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, boshqaruv va ishlab chiqarish sohalarida 62 foizdan ziyod ayollar ishlamoqda. Avvalgi yilda ayollar xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 46 % ni, jumladan, sanoatda 52%, savdoda 37%, sog‘liqni saqlashda 73%, qishloq xo‘jaligida 48%, ta’lim tizimida 60%, boshqaruv sohasida 32% ni tashkil qildi. Bugungi kunda kichik biznes sub’ektlarining 120 mingdan ziyodini, xususan fermer xo‘jaliklarining 4 ming 551 nafarini xotin-qizlar boshqarmoqda. So‘nggi 10 yil davomida kichik va xususiy korxonalarni boshqarayotgan ayollar soni 1,6 barobarga o‘sdi. Ularning 40 foizdan ortig‘i kichik biznes sub’ektlarining rahbarlaridir. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra joriy yilning 1 aprel xolatiga tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,5 foiz ko‘p ya’ni 679,423 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro andozalar talablari darajasida yo‘lga qo‘yish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, iste’mol mollari bozorini sifatli tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish, ayniqsa, aholini ish bilan ta’minlashda ham ayollar tadbirkorligining ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayollarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Markaziy Banki, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Tadbirkor ayol” va O‘zbekiston ishbilarmon ayollar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ilk bora o‘tkazilayotgan “Jamiyatning rivojlanishida Xotin-qizlar tadbirkorligining o‘rni” shiori ostidagi I Respublika tadbirkor ayollar forumi joriy yilning 28-29 iyun kunlari yuqori saviyada tashkil etilishi rejalashtirilgan. Biznes forum doirasida respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyuradi 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 140 nafar yuqori natijalarga erishgan tadbirkor ayollarning davlat hokimiyati organlari vakillari bilan uchrashuvlari tashkil etiladi. Uchrashuvda ishtirok etgan faol tadbirkor ayollar “Tashabbuskor tadbirkor ayol”, “Eng ko‘p ishchi o‘rni yaratgan tadbirkor ayol”, “Eng ko‘p eksport qilgan tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi oilaviy biznes ayol sohibasi”, “Eng ko‘p yoshlarni ish bilan ta’minlagan ayol tadbirkor”, “Etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni eng yaxshi yo‘lga qo‘ygan fermer ayol”, “O‘zbek milliy hunarmandchiligi sulolasining eng yaxshi ayol davomchisi”, “Eng faol kasanachi ayol” kabi nominatsiyalar bo‘yicha diplom va horijda malaka oshirish uchun yo‘llanma-sertifikat hamda homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, forum doirasida olimlar tomonidan tadbirkorlik va ishlab chiqarishga oid yaratilgan ixtirolar, ilmiy yangiliklar, innavatsion ishlanmalar hamda ayol tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Forumni tashkil etishdan maqsad: · respublikamizda ayollar tadbirkorligining rivojlanishi: bugungi holatini tahlil qilish, muammolarni aniqlash, ularni hal qilish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish; · respublikamizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha hamda dasturlarini monitoring qilish, baholash tizimini samaradorligini o‘lchash uchun aniq ko‘rsatkichlar ishlab chiqish; · davlat va jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda ayollarning ijtimoiy – iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bandlikni ta’minlash muammolarini hal etishga qaratilagan istiqbolli rejalar ishlab chiqish; · kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchi qizlarini, shuningdek uyushmagan ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; · ayol tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro amaliy-ijodiy hamkorlik muhiti, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikda faoliyat olib borishda bir-biriga ko‘maklashish uchun shart-sharoitlar yaratib berish, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida birlashtirish. Biznes-forumda ayollarning tadbirkorlik sohasida duch kelayotgan muammolari va taklif-istaklarini o‘rganish maqsadida ayollarning ochiq muloqoti ham tashkil etiladi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Jamiyatning rivojlanishida Xotin-qizlar tadbirkorligining o‘rni” shiori ostida o‘tkazilayotgan I Respublika tadbirkor ayollar biznes-forumi ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, soha vakillari erishayotgan ilg‘or natijalarni targ‘ib qilishga, ayolar va yoshlarda mulkdor bo‘lish hissini kuchaytirishga, tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi, deyish mumkin. = l[fns.length;] || []; for (var i=0,len=$#$ i