//Fermerlar maktabidan suratlar

Fermerlar maktabidan suratlar

Markaz qoshidagi “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2015 yildan beri Sirdaryo viloyatida va Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent, Ohangaron, Qibray, Yangiyo‘l, Bo‘stonliq va boshqa tumanlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularda qariyb 6000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari qamrab olindi.

O‘quv seminarlarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari, O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi huquqshunosi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Standartlashtirish markazi, O‘zstandart agentligi, O‘zagrosug‘urta kompaniyasi, Kafolat sug‘urta kompaniyasi, Davlat Soliq inspeksiyasi, O‘zbekekspertiza AJ, TIF Bojxona mutaxassislari tasdiqlangan dasturdagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy tajribalari bilan ishtirok etishdi.

Seminarda fermer xo‘jaligi rahbarlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning nazariy asoslari, eksport faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, eksportyorlar uchun yaratilgan kafolatlar va imtiyozlar, mahsulotlarni eksportga tayyorlash va shartnoma tuzish, eksport qilinadigan mahsulotlarga sertifikat olish, eksport qilinadigan yuklarni sug‘urtalash, eksport qilinadigan mahsulotlarni tashish uchun transport koridorlari va turlarini tanlash, eksport faoliyatida bojxona va soliqlar tizimi kabi mavzularda o‘qitildi. O‘qishlar yakunida ishtirok etgan fermer xo‘jaligi rahbarlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish mavzusida bilim va ko‘nikmalarni oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.

 

This slideshow requires JavaScript.