/Hududiy bo’linmalar

Hududiy bo’linmalar

O‘ZBEKISTON TADBIRKORLIK VA FERMERLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZINING HUDUDIY BO‘LINMALARI 

Toshkent shahri bo‘linmasi tomonidan tadbirkorlarga huquqiy maslahatlar beriladi, tadbirkorning muammoli masalalari hal etilmoqda, tadbirkorlarga bankdan kredit olish uchun maslahatlar va ko‘rsatmalar beriladi, ba’zi tadbirkorlarga biznes g‘oya tanlashga va biznes plan tuzishga amaliy yordam beriladi, OT va O‘MKHT bitiruvchi yoshlariga davlat grantlari olish va yangi korxona ochish bo‘yicha maslahatlar beriladi hamda reja asosida O‘zLiDeP Chilonzor Kengashi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv va seminarlar o‘tkazilib boriladi.

Masalan, 2017 yil 5 sentabr-31 oktabr  kunlari O‘zTFQMning Toshkent shahar boshqarmasi Markazning yig‘ilishlar zalida O‘zLiDeP Chilonzor Kengashi,  «YARAN» MCHJ, «New Realtor» MCHJ,  «New Realtor» biznes kompaniyalari bilan hamkorlikda “Proriv-17”loyihasi doirasida tadbirkorlar uchun biznes o‘quvlar tashkil etdi.  13-18 dekabr kunlari  Yunusobod tumanidagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi zalida Mudofaaa vazirligi qoshidagi MXSK jamoasi,  O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi va «New Realtor» MCHJ ishtirokida o‘smirlar o‘rtasidaXalqaro turnir o‘tkazilishida bevosita tadbirkorlar yordamida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Toshkent shahar  boshqarmasi raisi:  Muksinov Alisher Alidjonovich -29.05.1975 yilda  Toshkent shahrida tug’ilgan. Toshkent Arxitektura Qurilish institutini, O’zbekiston Pezidenti qoshidagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi va “Nizomiy” nomidagi Toshkent Pedagogika institutini tamomlagan.

Toshkent shahar boshqarmasining yuridik manzili Mirobod tumani, Nukus ko’chasi 77 uy.

 

 

Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan (rahbari G‘ayrat Yuldashev) ham 2017 yil davomida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal  demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi bilan hamkorlikda ko‘plab tadbirlar,  o‘quv seminarlari tashkil etildi. Jumladan, 13 yanvar kuni viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi binosida “Veterinariya dori vositalari savdosining veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini ta’minlash: dolzarb vazifalar va uni yanada takomillashtirish” mavzusida xududiy amaliy seminar o‘tkazildi. 14 fevral kuni O‘zbekiston tuman Kengashi “Rajabgardi” QFY BPT bilan hamkorlikda 17-umumta’lim maktabi binosida “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka zamonaviy texnologiyalarni olib kirish,  yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chetga sotishga ko‘maklashish” haqida davra suhbati o‘tkazildi va hokazo.

Farg’ona viloyati boshqarmasi raisi: Yuldashev G’ayratjon Sotiboldiyevich -28.02.1971 yilda Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida tug’ilgan.  Farg’ona Davlat Universitetini tamomlagan.

Farg’ona viloyati boshqarmasining yuridik manzili: Farg’ona shahar, Al-Farg’oniy ko’chasi, 60-uy.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi tomonidan yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklarida ijtimoiy-siyosiy va huquqiy mavzularda o‘quv seminarlari, davra suhbatlari hamda uchrashuvlar o‘tkazilgan, ularda ko‘plab tadbirkorlar va fermerlar  ishtirok etib, o‘tkazilgan tadbirlar mahalliy televideniye hamda boshqa OAV larda yoritilgan.

Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi raisi: Axnazarova Muxabbat Xudaybergenovna – 23.03.1981 yilda Kungirot shahrida tug’ilgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan.

Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasining  yuridik  manzili Nukus shahri, Ye.Alakos 66 uy.

 

 

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlik qo‘llab-quvvatlash markazining asosiy hamkorlari:

-Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP);

– O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari Assotsiatsiyasi;

-O‘zbekiston Savdo – sanoat palatasi (O’zSSP);

-O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengashi (O’ZFDTYEK);

-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, yetakchi tijorat banklari – “Agrobank, “Mikrokreditbank” va “Infinbank”, “Qishloqqurilishbank”, “Xalq banki”, “Asakabank”;

-Toshkent Davlat Agrar universiteti va Toshkent Iqtisodiyot universiteti;-“Mahalla” xayriya jamoat fondi;

-O‘zbekiston biznes-inkubatorlari va texnoparklari assotsiatsiyasi.