//O‘zLiDePning Sankt-Peterburg ishbilarmonlari bilan onlayn konferensiyasi boshlandi

O‘zLiDePning Sankt-Peterburg ishbilarmonlari bilan onlayn konferensiyasi boshlandi

O‘zLiDePning  eksport va investitsiyalarni kengaytirish masalalari bo‘yicha loyihasi, O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi, Sankt-Peterburg shahri ma’muriyatining tashqi aloqalar qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston va Rossiya: hududlarning o‘zaro hamkorligi istiqbollari” mavzusida onlayn konferensiyasi boshlandi.

Unda videoaloqa orqali ulangan O‘zbekistonning 5 ta hududi – Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Surxondaryodan meva-sabzavot va uzumni yetishtirish, saqlash, qayta ishlashga ixtisoslashgan kompaniyalar, Savdo-sanoat palatasi, «O‘zsharobsanoat», «O‘zoziqovqatxolding» vakillari, tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etmoqda.

Tadbir – ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilyapti.