//Mamlakatimiz tibbiyoti rivojida xususiy sektorning roli

Mamlakatimiz tibbiyoti rivojida xususiy sektorning roli

8 noyabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasiga bag‘ishlab “Mamlakatimiz tibbiyoti rivojida xususiy sektorning roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘nga yaqin aniq taklif va tavsiyalar berildi.​