//Markazining 2016 yildagi faoliyati

Markazining 2016 yildagi faoliyati

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining hisobot davridagi faoliyati “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, “2016 – Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi hamda O’zLiDeP Dasturi, Saylovoldi platformasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida ishlab chiqilgan loyihalarni hayotga tadbiq etish, shuningdek, Markazning 2016 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ish reja asosida olib borildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlik qo‘llab-quvvatlash markazi qoshida “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasi, Hakamlik sudi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmalari o‘z faoliyatini olib bormoqda.Joriy yilda Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari Kengashi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamda markazning hududiy bo‘linmalari tomonidan       46 tadan ortiq davra suhbatlari, uchrashuvlar, o‘quv seminarlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda  3000 nafardan ortiq tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvlarda va bevosita qilingan murojaatlar bo‘yicha 65 nafardan ortiq tadbirkor va fermerlarga konsul’tativ xizmat ko‘rsatilgan.SHuningdek, Markaz tomonidan tadbirkorlar va fermerlar uchun 3 ta “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish” va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalarini yetkazib beruvchi tashkilotlarini aniqlash”, “Tomchilatib sug‘orish tizimi” nomli uslubiy qo‘llanma,  risolalar yaratilib, 2000dan ortiq nusxada nashr qilindi.Markaz tomonidan tadbirlar mavzusiga oid 2600 tadan ortiq buklet, ko‘rgazmali materiallar, uslubiy qo‘llanmalar va risolalar tadbirkorlar va fermerlarga tarqatildi. Bundan tashqari, Markaz tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari 2 marotaba “Davr”, 4 marotaba “Toshkent” informatsion kanalida yoritilgan bo‘lsa, 7 marta partiya nashri – “XXIasr” ijtimoiy-siyosiy gazetasida, 4 marotaba “Agrobiznes” jurnalida hamda 4 marotaba Toshkent viloyatining tuman gazetalarida yoritildi. Markaz tomonidan  iyun oyida o‘tkazilgan tadbir bo‘yicha televideniyening “Dunyo bo‘ylab” telekanalida “O‘zbekistonda pistachilikni rivojlantirishning tajribalari va istiqbollari” mavzusida maxsus teleko‘rsatuv tashkil etilib, namoyish etildi.Markaz o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan faoliyatini yoritish maqsadida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ko‘rinishdagi veb-saytini yaratish ishlarini amalga oshirmoqda. Bugungi kunda sohaning malakali kadrlarini jalb qilgan holda tashkiliy va texnik masalalar o‘rganib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda veb-saytning taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot:Markaz qoshidagi  “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy  tadbirkorlik sub’ektlari  eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013 yil  8 avgustdagi  PQ-2022-sonli  qaroriga asosan O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi qoshidagi  “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasi tomonidan 2016 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatining Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Piskent tumanlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish” mavzusida  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, ularda viloyatdagi 1200 yaqin fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.  O‘quv seminarlarda Respublika Milliy banki qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi  Toshkent viloyati direktori  B.Alibekov, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi o‘qituvchilari A.Aliyev, I.Xotamov, J.Imomov, N.Zufarovalar, O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni  qo‘llab-quvvatlash markazi huquqshunosi U.Ernazarov, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Standartlashtirish markazi direktori A.Jumanov, O‘zTFQM ekspertlar kengashi, O‘zstandart agentligi, O‘zagrosug‘urta kompaniyasi, Kafolat sug‘urta kompaniyasi, Davlat Soliq inspeksiyasi, O‘zbekekspertiza AJ, TIF Bojxona posti vakillari tasdiqlangan dasturdagi mavzular bo‘yicha  ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.  Seminarda fermer xo‘jaligi rahbarlari  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning nazariy asoslari, xususan, mahsulotlarni eksportga tayyorlash va shartnoma tuzish, eksport qilinadigan mahsulotlarga  sertifikat  olish, eksport qilinadigan yuklarni sug‘urtalash, eksport qilinadigan mahsulotlarni tashish uchun transport koridorlari va turlarini tanlash, eksport  faoliyatida bojxona va soliqlar, eksport  faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, eksportyorlar uchun yaratilgan kafolatlar va imtiyozlar tizimi kabi mavzularda o‘qitildi.   O‘qishlar yakunida ishtirok etgan fermer xo‘jaligi rahbarlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish mavzusida  bilim va ko‘nikmalarni oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.  Hisobot davrida O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi qoshidagi  “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasi tashkil etilgan o‘quvlarda tushgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tavsiyalar berib borildi.2016 yil 20-21 yanvar kunlari Qozog‘istonning»Zubr» konsalting markazi va Bolgariyaning Tadbirkorlik va rahbarlarning salohiyatini rivojlantirish markazi hamkorligida hamda  Iqtisodni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlash markazi (SSER RU) va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida “Hududlarga investitsiya jalb qilish – Davlatning raqobatbardoshligi asosi” deb nomlangan biznes-forum tashkil qilindi. Forumning maqsadi – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Bolgariya Respublikalarining hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududlarining agrobiznes va oziq-ovqat sanoatiga investitsiyalarni jalb qilish muammolari hamda ushbu davlatlarning hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari bilan tanishishdan iborat edi.Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Bolgariya respublikalarining ishbilarmonlar doirasi vakillari, tadbirkorlik bo‘yicha  davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari va boshqa tashkilotlar qatnashdi.Mazkur tadbirdaO‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi ekspertlari o‘z prezentatsiyasi bilan ishtirok etdilar. 25 fevral kuni Markaz hamda IKARDA tashkiloti bilan hamkorlikda mamlakatimizning bir qator tog‘oldi va tog‘ hududlarida xandon pista bog‘larini asrash va ularni ko‘paytirish maqsadida “O‘zbekistonda xandon pista bog‘larini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati doirasida “O‘zbekistonda pistachilikni rivojlantirishning tajribalari va istiqbollari” hamda mazkur sohada olib borilayotgan izlanishlar, mutaxassislar va ekspertlarning xulosalari hamda amaliyotda pista bog‘larini o‘stirayotgan fermerlarining tajribalari o‘rganildi.Davra suhbatida Toshkent, Farg‘ona viloyati fermerlari, Toshkent shahridan tadbirkorlar, mutassadi tashkilot vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. 18 mart kuni Markaz tomonidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdorini va foydalanilayotgan yerlarning samaradorligini oshirish, chorvachilik uchun sharoitlarni yaxshilash, tadbirkorlar va fermerlarni qonunchilikni mustahkamlash jarayonlariga jalb qilish maqsadida Markaz  binosi majlislar zalida “O‘zbekistonda yaylovlar rivojlanishining  institutsional va huquqiy asoslari” mavzusida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun  Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar suv masalasi qo‘mitasi a’zolari, O‘zbekiston Fermerlari Kengashi, IKARDA, PROON vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida tajribali mutaxassislar “O‘zbekistonda yaylovlar rivojlanishining huquqiy asoslari”, “O‘zbekistonda yaylovlarning bugungi holati”, “YAylovlar rivojlanishining huquqiy asoslari” mavzularida o‘z ma’ruzalari va prezentatsiyalari bilan ishtirok etdilar. Davra suhbati yuzasidan yig‘ilishda bildirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli idoralarga yetkazildi.

19 may kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari Kengashi, Qishloq suv xo‘jaligi vazirligi Sertifikatlash markazi hamkorligida “O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbati doirasida O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish  istiqbollari, mazkur sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning izlanish natijalari ko‘rib chiqildi.Oliy Majlis deputatlari, tegishli vazirlik va muassasa, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, mutaxassis va ekspertlar ishtirokida organik  qishloq xo‘jaligining O‘zbekistonda rivojlanishining istiqbollari mavzusi har tomonlama chuqur ko‘rib chiqildi va fikr almashildi.

3 iyun kuni mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hajmini oshirish va sifatini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, fermerlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni dunyo talablariga moslashtirish maqsadida O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi binosida Global Ekologik Fondining Kichik grantlar dasturi doirasida “Kichik Grantlar Dasturi strategiyasining yangi sikli mavzusida fermer va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbati doirasida Global Ekologik Fondining Kichik grantlar dasturining keyingi to‘rt yilga mo‘ljallangan grantlarning maqsadlari va ajratilgan mablag‘larining miqdori va shartlari ko‘rib chiqildi.Davra suhbatida 50 nafarga yaqin Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan fermer va tadbirkorlar  ishtirok etdi.Yig‘ilishda viloyatlardan ishtirok etgan fermerlar va tadbirkorlar fondning istiqoldagi dasturlari hamda grant loyihalaridan foydalanish imoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

17 iyul kuni Sirdaryo viloyati hokimi murojaati asosida viloyatda baliqchilikkka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish sohasiga ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni jalb etish yuzasidan 13 nafar fermer va tadbirkorlar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, ilg‘or texnologiya va uskunalarni o‘rganish va tajriba orttirish maqsadida Isroil davlatining Telaviv shahriga yuborildi.Ushbu tadbir O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Isroilning MASHAV agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.Tadbir doirasida fermer va tadbirkorlar Isroil davlatidagi biznes vakillari bilan uchrashishdi va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishish hamda bevosita korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Tashrif yakunida Isroil davlati tomonidan MitreIIi International Ltd kompaniyasi bilan Sirdaryo viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolangan. Memorandum doirasida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yo‘nalishlari belgilab olindi. May –dekabr oylarida Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish Agentligi bilan imzolangan GEF/SQS/12 UZ-sonli shartnomaga muvofiq Markaz tomonidan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. Faza-2” dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligini barqarorlashtirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish” Grant loyihasi bo‘yicha “Qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini yetkazib beruvchilarni aniqlash va tanlash, xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun energiya tejamkorlik nososlari misolida” konsul’tativ xizmat ko‘rsatildi.SHartnomaga ko‘ra O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash Markazi tomonidan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida tasdiqlangan jadval va o‘quv dasturiga mos ravishda 4 noyabrdan 17 dekabrgacha 30 ta o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.SHuningdek, 7 ta viloyatdagi ko‘rgazmali tajriba sinov uchastkalarida tomchilatib sug‘orish tizimlari qurilishini monitoring qilish va fermerlarga ko‘rsatish hamda  tajriba almashish bo‘yicha seminarlar tashkil etish rejalashtirildi.O‘quv-seminarlarda rejadagi 1500 nafar qatnashuvchi o‘rniga 1820 nafar, shu jumladan, 1503 ta dehqon, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq  xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning mutaxassislari, 215 ta oliy o‘quv yurti va kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchi va iqtidorli bitiruvchi talabalari, 102 ta mahalliy hokimlik vakillari hamda iqtisodiy majmualarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi. O‘quv jarayonlarida 120dan ortiq qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar qatnashdi.

Shuningdek, markaz tomonidan tadbirkorlar va fermerlarning muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.Markazga telefon orqali 28 dan ortiq murojaatlar qilindi. Ular asosan,  fermer va tadbirkorlarning o‘z faoliyatini rivojlantirish hamda vujudga kelgan muammolarni hal qilishda qaysi tashkilot va muassasalarga murojaat qilish bo‘yicha ma’lumotlardan iborat bo‘lgan. Markaz tomonidan ularga konsul’tativ xizmat ko‘rsatildi.SHu bilan birga, Markazga Toshkent viloyati Bo‘ka tumani “Farrux Shaxriyor Agro” fermer xo‘jaligidan, Piskent tumani “Muslimbek Baraka” fermer xo‘jaligi hamda “Xususiy avtomobilda tashish” assotsiatsiyasidan murojaatlar kelib tushdi. Ularning murojaatlari tegishli mas’ul tashkilotlarga xat asosida yuborildi.

Markaz qoshidagi  Hakamlik sudi faoliyati bo‘yicha:Markaz qoshidagi Hakamlik sudi o‘z faoliyatini to‘laqonli bajarishi uchun Hakamlik sudini tashkil etish bo‘yicha Nizom talablari asosida moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash imkoniyati bo‘lmadi.SHunga qaramay, Hakamlik sudi o‘z imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlarga bankdan kredit olish uchun maslahatlar va ko‘rsatmalar, biznes g‘oya va biznes plan tuzishga hamda kollej bitiruvchi yoshlariga o‘z ishlarini boshlash bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatib kelmoqda.