//Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmalari faoliyati bo‘yicha:

Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmalari faoliyati bo‘yicha:

Toshkent shahri bo‘linmasi tomonidan 2016 yil davomida 12 ta tadbirkorga huquqiy maslahatlar berilgan, 4 ta tadbirkorning ishi ko‘rilib, advokatlik byurosiga sudga ariza yozish uchun yuborilgan, 5 ta tadbirkorga bankdan kredit olish uchun maslahatlar va ko‘rsatmalar berilgan, 3 ta tadbirkorga biznes g‘oya tanlashga va biznes plan tuzishga amaliy yordam berilgan, 4 ta bitiruvchi yoshlarga davlat grantlari olish va yangi korxona ochish bo‘yicha maslahatlar berilgan hamda O‘zLiDeP Chilonzor Kengashi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv va seminarlar o‘tkazilgan.Markazning Toshkent shahar Kengashi joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondi  grant tanloviga ikkita loyiha taqdim etgan, ammo grant berilmagan.

Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tomonidan 2016 yil davomida 5 ta tadbirkorga  huquqiy maslahatlar berilgan hamda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda tadbirkor va fermerlar bilan 3 ta uchrashuv va seminarlar o‘tkazilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga taklif va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan 1 ta seminar- trening o‘tkazilgan.Markazning Farg‘ona bo‘linmasi joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondi  grant tanloviga 1 ta loyiha taqdim etgan, ammo grant berilmagan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi tomonidan yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlari va fermer xo‘jaliklarida jami 51 ta ijtimoiy-siyosiy va huquqiy mavzularda o‘quv seminarlari, davra suhbatlari hamda uchrashuvlar o‘tkazilgan, ularda 2700 dan ziyod tadbirkorlar va fermerlar  ishtirok etib, o‘tkazilgan tadbirlar Respublika va mahalliy televideniye hamda boshqa OAV larda yoritilgan.Hududiy bo‘linma joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondi  grant tanloviga 1 ta loyiha taqdim etgan, ammo grant berilmagan.