//Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishni rivojlantirish

Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishni rivojlantirish

2018 yilning 5 noyabridan 2019 yilning 12 fevraliga qadar O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bilan hamkorlikda Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, Intellekt menejment konsalting kompaniyalari va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birga Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishni rivojlantirish” loyihasi yo‘nalishida “Meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish hamda yetishtirish”, “Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” hamda “Meva-sabzavot mahsulotlari logistikasi va eksportini tashkil qilish” mavzularida Genderli rivojlanish va aktuallashtirishni o‘z ichiga olgan holda seminar- treninglar o‘tkaziladi.

 

Loyihaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 martdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shimcha qiymat zanjirini shakllantirishni rivojlantirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-2813-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tashqi bozorlarda sotishga mo‘ljallangan raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarilishini ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jalik korxonalarining moliyaviy barqarorligini o‘stirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirishdan iboratdir.

Loyihaning vazifalari. Fermerlarni o‘qitish va ularga intensiv bog‘lar, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun hosildorligi yuqori bo‘lgan intensiv ko‘chatlar va urug‘lar sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish, intensiv bog‘lar uchun talab qilinadigan aksessuarlar va uskunalar xarid qilish, eski tokzorlarni yangilash va yangi tokzorlar barpo etish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovuqxonalar va muzlatkichlar, qayta ishlash, saralash va qadoqlash texnologiyalari, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash uchun texnika va texnologiyalar xarid qilish, sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun issiqxonalar va  bog‘lar tashkil etish, ko‘chatxonalar barpo etish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini olishga tayyorlash.

Loyihadan kutilayotgan natijalar. Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarning 2000ga yaqin fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari  qamrab olinadi, o‘tkaziladigan seminar-treninglarda ishtirokchilarning xo‘jalik yuritish bo‘yicha malakasi, mehnat ko‘nikmalari va bilimlari oshiriladi, meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish hamda yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash hamda logistikasi va eksportini tashkil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari oshiriladi.

Loyihaning asosiy hamkorlari. Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, Intellekt menejment konsalting kompaniyasi hamda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi.

Loyihaning ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasi hududlaridagi fermer va dehqon xo‘jaliklari xodimlari va mutaxassislari.

Loyihaga taklif etilganlar. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi ivnestitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Tashqi savdo vazirligi “O‘ztreyd” aksiyadorlik jamiyati, TIF Milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilmiy tekshirish instituti, mahalliy hokimiyatning investitsiya bo‘yicha mutaxassislari, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, tijorat banklari, qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, tegishli mutaxassislar.

Loyihani amalga oshirish shakli. Targ‘ibot-tushuntirish, taqdimot, suhbat, ma’ruza, amaliy trening-o‘quvlar.