//Milliy ishlab chiqaruvchilarni eksport salohiyatini rivojlantirish – iqtisodiy taraqqiyot va raqobatbardoshlikning muhim omili

Milliy ishlab chiqaruvchilarni eksport salohiyatini rivojlantirish – iqtisodiy taraqqiyot va raqobatbardoshlikning muhim omili

6 oktabr kuni Avalon biznes markazining anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 29 sentabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning navbatdagi chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori doirasida “Milliy ishlab chiqaruvchilarni eksport salohiyatini rivojlantirish – iqtisodiy taraqqiyot va raqobatbardoshlikning muhim omili” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda importyorlar uchun neft va neft mahsulotlari, yirik va mayda chorva hayvonlari, go‘sht va mayda chorva hayvoni go‘shtlari, baliq mahsulotlari, kartoshka, sut, un va boshqa birlamchi oziq tovarlarga qo‘yilgan import bojlari bekor qilinganligi hamda ushbu qarorda tariflarni qayta ko‘rib chiqish pul-kredit siyosatini erkinlashtirish sharoitida aholi iste’mol talabini qondirish va ichki bozorda narxlar o‘sishining oldini olish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskunalar va tarkibiy qismlarni, xom-ashyolarni import qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.