Mulkdor oila

O‘ZBEKISTON TADBIRKORLIK VA FERMERLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZINING “MULKDOR OILA” loyihasi

 

LOYIHAning vazifalari:

-aholining oilaviy tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga individual yondashish;

-oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish (oilaviy korxonani tashkil etish, yuritish, belgilangan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanish) bilan bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy bilim va malakani oshirishga ko‘maklashish;

-oilaviy tadbirkorlik sohasiga tatbiq etish mumkin bo‘lgan ilg‘or tajriba va innovatsiyalar (muqobil energiya manbalari – biogaz, shamol va quyosh energiyalaridan foydalanish, zamonaviy agrotexnik tadbirlar)ni hayotga joriy etish va ommalashtirish;

-oilaviy korxonalarning agrar soha sub’ektlari(dehqon va fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari, yoqilg‘i, o‘g‘it, urug‘chilik, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanadigan turli xil korxonalar), bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;

-loyihada qatnashib, o‘z biznes-rejalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan va uni moliyalashtirish uchun bank sertifikatini qo‘lga kiritgan ishtirokchilarning tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritishlariga yaqindan amaliy ko‘maklashish, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida O’zLiDeP safidagi tajribali tadbirkor, fermer va xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolariga biriktirilishini ta’minlash;

-bo‘lajak tadbirkor va ishbilarmonlarni kashf etish, ularni O’zLiDeP safiga jalb qilish, partiyaning kadrlar zaxirasini boyitish.


LOYIHAdan kutilayotgan natijalar:

-loyiha doirasida Toshkent viloyatining tuman (shahar) bosqichlarida 200 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olinadi;

-tuman (shahar) bosqichlarida saralab olingan 100 nafardan ko‘proq ishtirokchining biznesni tashkil etish va yuritish bo‘yicha bilim va malakasi maxsus o‘quv-seminarlarda oshiriladi;

-turli shakldagi yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil topadi;

-120dan ziyod yangi va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etiladi;

-oilaviy tadbirkorlikning milliy biznes va yalpi milliy mahsulotdagi ulushi ortadi;

-O’zLiDeP faollariga biriktirilgan loyiha g‘oliblarining tajribasi oshiriladi.

 

LOYIHAning asosiy hamkorlari: 

-Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP);

-O‘zbekiston Savdo – sanoatpalatasi (O’zSSP);

-O‘zbekiston Fermerlar Kengashi (O’zFK);

-O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, yetakchi tijorat banklari – “Agrobank”, “Mikrokreditbank” va “Infinbank” ATB;

-“Mahalla” xayriya jamoat fondi;

-O‘zbekiston biznes-inkubatorlari va texnoparklari assotsiatsiyasi.