//O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining maqsadi

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining maqsadi

Mamlakatda bozor islohotlari g‘oyalarining tashabbuskori  va ularni amalga oshiruvchi kuch bo‘lgan mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonlaridagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik erkinligining amaliy kafolatlarini ta’minlash, kichik biznes va fermer xo‘jaliklari vakillari faoliyatini huquqiy muhofaza etish va fermerlik harakatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmon kishilarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘ziga xos o‘rnini yanada mustahkamlashdan iborat.

Joriy yilda Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Markazning hududiy boshqarmalari  va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan  50 tadan ortiq davra suhbatlari, uchrashuvlar, o‘quv seminarlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 3436 nafar tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvlarda va bevosita qilingan murojaatlar bo‘yicha 74 nafardan ortiq tadbirkor va fermerlarga konsul’tativ xizmat ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining hisobot davridagi faoliyati O’zLiDeP Dasturi, Saylovoldi platformasi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” ma’ruzasida muhim davlat dasturlari, jumladan,

O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish “Harakatlar strategiyasi” hamda 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida ishlab chiqilgan  2017 yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar kompleks Harakat dasturida belgilangan chora-tadbirlar dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan ish reja asosida olib borildi.