//“O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zsharobsanoat” va bir nechta mahalliy korxonalar Rossiya bozorlariga sifatli mahsulot yetkazib berish imkoniyatlarini namoyon etdi

“O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zsharobsanoat” va bir nechta mahalliy korxonalar Rossiya bozorlariga sifatli mahsulot yetkazib berish imkoniyatlarini namoyon etdi

Konferensiya davomida O‘zbekistondagi bir nechta meva-sabzavot hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda “O‘zbekoziqovqatxolding” va “O‘zsharobsanoat” xolding kompaniyasi vakillari Rossiya bozorlariga sifatli mahsulotlarni yetkazib berish imkoniyatlarini namoyon etdi.

Ta’kidlash kerak, Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yiliga 10-15 milliard dollargacha yetkazish haqida topshiriq bergan edilar. Bugungi onlayn konferensiyasi davlatimiz rahbarining ana shu topshirig‘i ijrosida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki konferensiya davomida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar va xorijiy hamkorlar o‘rtasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi mutlaqo yangi mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish g‘oyalari ilgari surilmoqda.