//Tadbirkorlani qo’llab quvvatlash

Tadbirkorlani qo’llab quvvatlash

Markaz tomonidan tadbirkorlar va fermerlar uchun 3 ta “Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish” va “Tomchilatib sug‘orish tizimi”, “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha milliy me’yoriy hujjatlarning hayotiylashishi – davr talabi.

Gender tengligi va hayot” nomli uslubiy qo‘llanma,  risolalar yaratilib, 2000 dan ortiq nusxada nashr qilindi.Markaz tomonidan tadbirlar mavzusiga oid 2600 tadan ortiq buklet, ko‘rgazmali  materiallar, uslubiy qo‘llanmalar va risolalar tadbirkorlar va fermerlarga tarqatildi. Bundan tashqari, Markaz tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari 2 marotaba “Davr”, 4 marotaba “Toshkent” informatsion kanalida yoritilgan bo‘lsa, 3 marta partiya nashri – “XXIasr” ijtimoiy-siyosiy gazetasida, 4 marotaba “Agrobiznes” jurnalida hamda 4 marotaba Toshkent viloyatining tuman gazetalarida yoritildi.