//Xizmat turlari

Xizmat turlari

Bugungi kunda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlik qo‘llab-quvvatlash markazi qoshida Hakamlik sudi hamda “YUksalish mezoni” ta’lim muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmalari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilda Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamda markazning hududiy bo‘linmalari tomonidan 50 tadan ortiq davra suhbatlari, uchrashuvlar, o‘quv seminarlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 3436 nafardan ortiq tadbirkorlar va fermerlar ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvlarda va bevosita qilingan murojaatlar bo‘yicha 74 nafardan ortiq tadbirkor va fermerlarga konsul’tativ xizmat ko‘rsatilgan.