//«Yuksalish mezoni» nodavlat talim muassasasi

«Yuksalish mezoni» nodavlat talim muassasasi

«YUKSALISH MEZONI» nodavlat ta’lim muassasasi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qadoqlash va eksport kilishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarining rahbar va mutaxassislari (buxgalterlar, huquqshunoslar, ish boshqaruvchilar)ning kasbiy bilim darajasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminarlar, treninglar o‘tkazadi.

O‘zbekiston Tadbirkorlik va Fermerlikni qo‘llabquvvatlash markazi qoshida «YUKSALISH MEZONI» nodavlat ta’lim muassasasi 2014 yil 14 iyulda tashkil etildi. Muassasa faoliyatining asosiy vazifalari:

– tadbirkorlik va biznesni riv ojlantirish uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar va mutaxassislar m alakasini oshirish va qayta tayyorlash;

– tadbirkorlar va fermerlarni , shu jumladan , tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘shimcha kasbiy yo‘nalishga o‘qitish;

– tadbirkorlik va fermerlik ko‘nikmalarini shak

llantirish bo‘yicha ta’lim faoliyatini am alga oshirish;

– mehnat bozorining hozirgi ahv oli va istiqbolini hisobga olgan holda shaxsning kasbiy ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat .

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti professor – o‘qituvchilari, Fermerlar kengashi, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi hamda Davlat Soliq va Bojxona qo‘mitalari, “O‘zagrosug‘urta” AJ, O‘zstandart Agentligi, “O‘ztadbirkoreksport”, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Standartlashtirish markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda kadrlar va mutaxassislarning m alakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 50 va 96 soatga mo‘ljallangan quyidagi yo‘nalishlarda o‘quv mashg‘ulo tlari o‘tkazadi:

1 . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va davlat ro‘yx atidan o‘tkazish;

2.Sanoat va qishloq xo‘jalik mahs ulo tlarini eksport qilish 2015 yilning aprel oyigacha 500 ga yaqin ishtirokchilar jalb etilib, ularning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv – seminarlar tashkil etildi va yakuni bo‘yicha maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

 

Yuksalish mezoni ustavi